2022- yil yanvar-mart oylarida jami 23,1 trln. so‘mlik asosiy kapitalga xorijiy investitsiya va kreditlar o‘zlashtirildi. Uning tarkibida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar 8,0 trln. so‘mni yoki 34,4 % ini tashkil etdi.
2021-yilning mos davri bilan solishtirganda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning jami xorijiy investitsiya va kreditlar tarkibidagi ulushi 5,3 % punktga ko`payib 34,4 % ni, shuningdek o`sish sur’ati 167,9 % darajasida qayd etildi.