O’zbekistonda 2022- yilning 1- iyun holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 491 071 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 487 101 tani tashkil etgan.
Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:
Toshkent shahrida – 98 827 ta
Toshkent viloyatida – 45 933 ta
Samarqand viloyatida – 44 328 ta
Farg‘ona viloyatida – 42 272 ta
Andijon viloyatida – 37 242 ta
Qashqadaryo viloyatida – 34 056 ta