Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2021-yil yakunlari bo‘yicha davlat boshqaruvi organlarining yakuniy iste’mol xarajatlari 122 664,7 mlrd. so‘mni tashkil etgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkichni 2020- yil ma’lumotlari bilan taqqoslaganda 3,4 % ga o‘sgan. Kuzatilayotgan davrda davlat boshqaruvi organlari yakuniy iste’mol xarajatlarining YaIM tarkibidagi ulushi 16,7 % ga yetgan hamda 2018- yil ma’lumotlari bilan taqqoslaganda 3,2 foiz punktga o‘sganligi kuzatildi.