2022- yil 1- iyun holatiga ko‘ra, savdo sohasidagi korxona va tashkilotlar soni 11 297 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 22,7 % ga oshdi.
Jami savdo korxona va tashkilotlari soni ko‘payishining asosiy omili – avtomobil va mototsikllar savdosidan tashqari chakana savdoda o‘tgan yilga nisbatan – 23,5 % ga (jami savdodagi ulushi 72,3 %), avtomobil va mototsikllar savdosidan tashqari ulgurji savdoda o‘tgan yilga nisbatan – 17,7 ga (jami savdodagi ulushi 19,8 %), avtomobil va mototsikllarning ulgurji va chakana savdosi va ularni ta’mirlashning o‘tgan yilga nisbatan – 27,8 % ga (jami savdodagi ulushi 7,9 %) oshdi.
Matbuot xizmati