2022- yilning 3- iyun kuni Fransiyaning Parij shahrida EU4Energy dasturining yakuniy tadbiriga bag’ishlangan uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuv Xalqaro Energetika Agentligi tomonidan tashkil etildi. Unda O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya, Moldova va Ukraina davlatlarining statistika va energetika bo’yicha vakillari ishtirok etdilar.
Yig’ilishda Evropa ittifoqi vakillari va milliy hamda xalqaro statistika tashkilotlarida energetika statistikasi sohasidagi ekspertlar ishtirok etdilar. Yig’ilishda O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasidan sanoat statistikasi boshqarma boshlig’i S.Jo’raev ishtirok etdi.
Uchrashuvda barqaror energetika siyosatini amalga oshirishni qo’llab-quvvatlash va energetika sektorini hamkorlikda rivojlantirishga ko’maklashishga qaratilgan EU4Energy dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan yutuqlar muhokama qilindi.