2022- yilning yanvar-martida Qashqadaryo viloyati bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot hajmi joriy narxlarda 8 360,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-marti bilan taqqoslaganda 3,2 % ga o‘sdi.
YAHM deflyator indeksi 2021- yilning yanvar-martidagi narxlarga nisbatan 111,1 % ni tashkil qildi. O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha YAIMning shakllanishida Qashqadaryo viloyatining qo‘shgan hissasi 5,1 % ga yetdi.
Matbuot xizmati