31/05/2022

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 23–24- may kunlari Qozog‘iston Respublikasining Olma-ota shahrida “Markaziy Osiyo mamlakatlarida gender zo‘ravonlikdan jabrlanganlar uchun sog‘liqni saqlash, ijtimoiy-psixologik himoya va politsiya xizmatlari ko‘rsatishni idoralararo muvofiqlashtirish” mavzusida mintaqaviy seminar boʻlib oʻtdi.

sminar_310522_ici1

sminar_310522_ici2

sminar_310522_ici3

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasidan Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Abrayev Sherzod Xurromovich ishtirok etdi.

sminar_310522_ici4

sminar_310522_ici5

sminar_310522_ici6

Mazkur seminar yuzasidan joriy yilning 30-may kuni Davlat statistika qo‘mitasida taqdimot o’tkazildi. Taqdimotda davomida Sh. Abrayev markaziy apparat xodimlariga gender zo‘ravonlikka qarshi idoralararo hamkorlik masalalarida amalga oshirilayotgan ishlar va bunda statistik ma’lumotlardan samarali foydalanish xususida xorijiy tajriba borasida ma’ruza qildi.

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech