30/05/2022

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11-noyabrdagi 710-son qaroriga muvofiq, aholini  ro‘yxatga olish tadbiri 2023-yilda  Respublikamizning barcha hududlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Aholini ro‘yxatga olish – bu mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko‘lamli tadbir bo‘lib, aholi to‘g‘risidagi ishonchli axborot manbasi hisoblanadi.

Ta’kidlash lozimki, aholini ro‘yxatga olish ma’lum bir davrda O’zbekiston aholisining soni, yoshi, jinsi, diniy va etnik tarkibi, oilaviy ahvoli, ma’lumot darajasi, uy-joy bilan ta’minlanganligi, iqtisodiy faolligi, daromad olish manbalari, nogironligi xususida batafsil ma’lumot olishga yordam beradi. Shuningdek, aholi jon boshiga makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning taqsimlanishini hisoblashda ishlatiladi, migratsiya holatini, mehnat resurslari taqsimotini aniq ko‘rsatib beradi.

Ushbu jarayonga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Davlat statistika qo‘mitasining Ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish boshqarmasi va hududiy statistika boshqarmalari xodimlari tomonidan xonadonma xonadon yurilib uylarning  raqamlanish holati o‘rganilmoqda.

Mazkur jarayonlardan fotolavhalar:

 ichi-300522-0

aholini-rohatga-olish2

aholini-rohatga-olish3

aholini-rohatga-olish4

aholini-rohatga-olish5

aholini-rohatga-olish6

aholini-rohatga-olish7

aholini-rohatga-olish8

 

 

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech