30/05/2022

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-dekabrdagi “Oʻzbekiston faxriylarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4906-son farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishonini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi 2017-yil 14-iyuldagi PQ-3133-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida “Nuroniy” jamgʻarmasi tomonidan mamlakatimizda iqtisodiyot, ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat, taʼlim, sogʻliqni saqlash, yurisprudensiya va boshqa sohalarida koʻp yillar davomida halol va samarali mehnat qilayotgan pensiya yoshidagi yurtdoshlarimizdan bir talayi taqdirlandi.

30-may1-ichiga

Jumladan, Davlat statistika qoʻmitasida uzoq yillardan buyon turli lavozimlarda samarali mehnat qilib, soha rivojiga munosib hissa qoʻshib, koʻplab kadrlarning mehribon ustozi boʻlgan Satimov Amin Mahmudovich ham “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.Davlat statistika qoʻmitasi jamoasi Satimov Amin Mahmudovichni “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni bilan samimiy muborakbod etadi.Amin Mahmudovichning yillar davomida soha rivojiga ulkan xizmati singgan. Endilikda u oʻzining boy bilim va tajribasi, hayotiy hikmatlari bilan yoshlarni ona Vatanga munosib kadrlar bo‘lib yetishishiga ulkan hissa qo‘shmoqda.Hurmatli Amin Mahmudovich Sizni yana bir bor “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni bilan tabriklaymiz. Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat tilaymiz ! 

Davlat statistika qoʻmitasi jamoasi

Tugmani bosing Tinglash GSpeech