Mamlakatimizda 2023- yilda o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ko‘rish masalasi yuzasidan Davlat statistika qo‘mitasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarmasi bosh mutaxassisi O. Abduraxmonov hamda Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshliqlari ishtirokida joriy yilning 27- may kuni davra suhbati o‘tkazildi. Ushbu jarayonda tumanlar va shaharlarning xaritalarini uy raqamlari bilan birxillashtirish, mahalla ko‘chalarini har birini alohida rang bilan belgilash hamda aholini ro‘yxatga olish uchun yagona andoza qilib tayyor holatga keltirish yuzasidan keng muhokama o‘tkazildi.
Suhbat so‘ngida xaritalarni belgilangan tartib asosida qisqa muddatlarda yakunlash yuzasidan tafsiyalar berildi.
Matbuot xizmati