20/05/2022

Joriy yilning 18- may kuni  Davlat statistika qoʻmitasida Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasining vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvning asosiy maqsadi- qishloq xo'jaligi sohasida mavjud kamchiliklarni o'rganish va qishloq xo'jaligi sohasining mas'ul shaxslari bilan fikr almashishdan iborat.

20_05_22_1

Tadbirda, Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish xalqaro jamgʻarmasining Monitoring va baholash bo'yicha mutaxassisi Маriоn Trike, ICT4D maslahatchisi Marso Cattaneo hamda  Davlat statistika qoʻmitasi ochiq ma'lumotlar рогtаli faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig'i - Аkrоm Sultanov boshchiligidagi qo‘mita vakillari ishtirok etishdi.

20_05_22_2

20_05_22_3

Uchrashuvda, sinov tariqasida qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish ishlari roʻyxatdan oʻtkazish dasturiga muvofiq ishlab chiqilgan 6 ta shakldagi roʻyxatdan oʻtkazish soʻrovnomalari asosida olib borilishi taʼkidlab oʻtildi.

Roʻyxatdan oʻtkazish – Oʻzbekiston Respublikasi hududida yaxlit va har bir maʼmuriy-hududiy birlik boʻyicha aniq bir vaqtda, qishloq xoʻjaligi faoliyatining turli tavsiflari toʻgʻrisida xalqaro taqqoslanadigan ishonchli, xolis va yaxlit maʼlumotlarni yagona statistik metodlar asosida yigʻish maqsadida amalga oshiriladi.

20_05_22_4

Uchrashuv iliq va doʻstona ruhda oʻtdi.

 

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech