19/05/2022

2022- yilning 1- may holatiga viloyatimizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 4 925 tani tashkil etib, ushbu ko‘rsatkichni 2021- yilning mos davri bilan solishtirganimizda 111,0 foizga oshgan.

Viloyatimizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) korxonalarning 12,9 foiz (38 077 ta) ulushini sanoat korxonalari tashkil etib, shundan kichik biznes subyektlari soni 4 884 tani tashkil etgan. 

Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari soni: 
Qarshi shahri –  898 ta
Kitob tumani – 542 ta
Yakkabog’ tumani –  435 ta
Chiroqchi tumani –  434 ta
Shahrisabz shahri –  352 ta
Qarshi tumani –  351 ta
G’uzuor tumani –  296 ta
Shahrisabz tumani – 268 ta
Qamashi tumani – 267 ta
Koson tumani – 252 ta
Kasbi tumani –  222 ta
Mirishkor tumani –  176 ta
Nishon tumani –  170 ta
Dehqonobod tumani – 138 ta
Muborak tumani –  124 ta

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech