17/05/2022

Qashqadaryo viloyati bo‘yicha 2022- yilning yanvar-mart oylarida chakana savdo tovar aylanmasi 3719,7 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021- yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 104,7 % ga oshdi.

 Qashqadaryo viloyatida chakana savdo tovar aylanmasida eng yuqori ulushni Qarshi shahri 24,9 % ulush bilan 925,2 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Viloyatda chakana savdo tovar aylanmasida eng quyi ulushni Muborak 2,8 % ulush bilan 103,5 mlrd. so‘mni tashkil etdi.

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech