Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi statistik hisob-kitoblarga ko‘ra, 3417,1 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2021- yilning mos davriga nisbatan 103,6 % ga oshdi. Viloyat miqiyosida ushbu sektorning jami chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi 91,9 % ni tashkil etdi.
Matbuot xizmati