Transport xizmatlarining eng katta ulushi avtomobil transportida yuk va yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha xizmatlarga to‘g‘ri kelmoqda.Transportning ushbu turi boshqa transport turlari bilan taqqoslanganda uning moslashuvchanligi va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning nisbatan arzonligi sababli yuqori talabga ega hisoblanadi.2022- yilning yanvar-mart oylarida avtomobil transportida yo‘lovchi tashish xizmatlarining ulushi 64,0 % ga yetdi. Taqqoslash uchun: 2021- yil yanvar-mart oylarida yo‘lovchi tashish xizmatlarining ulushi 68,6 % ni tashkil etgan.
Avtomobil transporti xizmatlarining tarkibi:
Yo'lovchilarni avtomobil transportida tashish – 64,0 %
Avtomobil transportida yuklarni tashish – 36,0 %
Matbuot xizmati