Milliy urf-odatlarimiz, an’analarimiz, qadriyatlarimizda ko‘pchilikni birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undashi bilan hashar alohida ahamiyatga ega.
Shu munosabat bilan Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasida ham obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda. Erta tongdan ahil jamoa a’lo kayfiyatda va hamjihatlikda hashar ishlariga faol qatnashdi.
Matbuot xizmati