Oʻzbekiston 2022- yilning yanvar-mart oylarida xorijdan qiymati 49,9 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 700 283 dona mobil telefon import qilgan.Telefon importi 2021- yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 260 878 donaga oshgan. Oʻzbekiston 9 ta davlatdan mobil telefonlar import qilgan.
Oʻzbekiston 3 oy mobaynida mobil telefonlarni eng koʻp import qilgan davlatlar:
Xitoy – 533 704 dona
Vyetnam – 92 639 dona
Hindiston – 36 698 dona
BAA – 33 620 dona
Qozogʻiston – 3 518 dona
Koreya – 86 dona
Oylar kesimida telefon importi:
yanvar oyida – 129 766 dona
fevral oyida – 284 461 dona
mart oyida – 286 056 dona
Matbuot xizmati