29/04/2022

2022- yilning yanvar-mart oylarida sanoat tarmog‘i qo‘shilgan qiymatida 5,7 % ga o‘sish kuzatilgan. Ushbu tarmoqdagi ijobiy dinamika, asosan tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash tarmog‘ining qo‘shilgan qiymati 0,8 % ga (2021- yilning yanvar-mart oylarida 2,3 % ga o‘sish,2020- yilning yanvar-mart oylarida – 13,1 % ga kamayish) hamda ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatning 5,9 % (2021- yilning yanvar-martida – 5,8 %, 2020- yilning yanvar-martida – 6,5 %)ga o‘sishi hisobiga ta’minlandi. Elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash tarmog‘ida ham 15,5 % (2021- yilning yanvar-martida 6,6 % va 2020- yilning yanvar-martida 7,9 %)ga ijobiy o‘sish qayd etildi. Shuningdek, suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish tarmog‘i qo‘shilgan qiymatida esa 17,2 % ga kamayish (2021- yilning yanvar-martida 0,1 % ga ko‘payish,2020- yilning yanvar-martida 16,2 % ga kamayish) kuzatildi.

29-2-ichiga

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech