28/04/2022

Joriy yilning 27- aprel kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqamasida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda vakant lavozimlar bo‘yicha seminar tashkil etildi.

Seminarda boshqarma boshlig‘i B. Maxmadaliyev, o‘rinbosari Sh. Tayloqov, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi mutaxassislari hamda tarmoq, shahar tuman statistika hodimlari ishtirok etishdi.

 Endilikda vakant lavozimlarini egallash vacancy.argos.uz portali orqali bosqichma-bosqich ichki va tashqi tanlovlar asosida amalga oshiriladi.

 

 Ichki tanlovda — bir davlat organi yoki tashkiloti tizimida faoliyat yuritayotgan davlat fuqarolik xizmatchilari qatnashishi mumkin.

 Tashqi tanlovda — tegishli malaka talabiga javob beradigan barcha fuqarolar ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Ichki tanlovlar natijasida tanlov g‘olibi aniqlanmagan taqdirda, ushbu vakant lavozim bo‘yicha tashqi tanlov e’lon qilinadi hamda bitta vakant lavozim uchun bir martadan ortiq ichki tanlov o‘tkazilmaydi.

Tadbir so ‘ngida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olishdi.

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech