2022- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, YAIM o‘sishi 5,8 % ga yetdi. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi YAIM umumiy hajmining 90,5 % ini tashkil etdi va 5,9 % ga o‘sdi (YAIM mutlaq o‘sishiga ta’siri 5,3 foiz punktni tashkil etdi). Mahsulotlarga sof soliqlarning YAIM tarkibidagi ulushi 9,5 % ni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-mart oylari bilan taqqoslaganda 5,5 % ga o‘sdi (YAIM mutlaq o‘sishiga ta’siri – 0,5 f.p.).
Faoliyat turlari bo‘yicha qo‘shilgan qiymatning o‘sishi quyidagicha bo‘ldi:
– qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 2,8 %;
– sanoatda – 5,7 %;
– qurilishda – 6,3 %;
– xizmatlar sohasida – 6,9 %.
Matbuot xizmati