2022- yilning yanvar-mart oylarida sanoat tarmog‘ining O‘zbekiston Respublikasi YAIMdagi ulushi 32,5 % ni tashkil etdi. Kuzatilayotgan davrda tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash tarmog‘ining jami sanoat sektori bo‘yicha yaratilgan qo‘shilgan qiymat tarkibidagi ulushi 2021- yilning yanvar-mart oylaridagi 16,6 % ga nisbatan 17,4 % gacha oshdi. Shu bilan birga, ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoat ulushining 74,0 % gacha kamayishi qayd etildi (2021- yilning yanvar-mart oylarida – 74,2 %). Ishlab chiqaradigan (qayta ishlash) sanoatning qo‘shilgan qiymati tarkibida eng katta ulush quyidagilar hissasiga to’g’ri kelgan: metallurgiya va metallni qayta ishlash sanoati (mashina va uskunalardan tashqari) – 43,2 %, to‘qimachilik mahsulotlari, kiyim, teri va unga tegishli mahsulotlar ishlab chiqarish – 14,7 %, oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish – 11,8 %.
Matbuot xizmati