Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yil 1 aprel holatiga viloyatimizda ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 238 tani tashkil etib, ulardan 231 tasi faoliyat yuritmoqda.
Faoliyat kúrsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6 taga oshgan.
Xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning davlatlar kesimida soni: 149 ta
Afg‘oniston – 44 ta
Rossiya – 35 ta
Xitoy – 28 ta
Turkiya – 27 ta
Qozog‘iston – 15 ta
Matbuot xizmati