Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari Safarov Sodiq Jurayevich Muborak tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Shu munosabat bilan Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi jamoasi nomidan sizni chin dildan tabriklaymiz.
Biz Sizning barcha ishlaringizda doim omad, muvaffaqqiyat va zafarlar hamroh bo‘lishini tilaymiz. Hayotingizda farovonlik va sog‘lik eng yaqin hamrohingiz bo‘lsin.
Matbuot xizmati