13/04/2022

2022- yilning 1- aprel holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 32 447 ta bo‘lib, shundan xususiy korxonalar soni 9 805 tani (ulushi 30,2 foiz) tashkil qildi.

Xususiy korxonalar sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:

Qarshi shahri – 1 485 ta

Kitob tumani – 1 075 ta

Dehqonobod tumani – 972 ta

Shahrisabz shahri – 851 ta

Qarshi tumani – 762 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa xususiy korxonalar quyidagicha taqsimlangan:

savdoda – 3 917 ta

sanoatda – 1 540 ta

qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 1 130 ta

qurilishda – 1 038 ta

yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 722 ta

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech