2022- yilning 1- aprel holatiga viloyatimizda jami 3 465 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 105 taga ko‘p. 2022- yil yanvar- mart oylarida 78 ta qurilish korxonalari yangi tashkil etilgan.
Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan qurilish korxonalari soni:
🔹Qarshi shahar – 896 ta
🔹Qarshi tumani – 399 ta
🔹Koson tumani – 312 ta
🔹Yakkabog‘ tumani – 216 ta
🔹Chiroqchi tumani – 216 ta
🔹Muborak tumani – 185 ta
🔹Qamashi tumani – 172 ta
🔹Kasbi tumani – 161 ta
🔹Dehqonobod tumani – 153 ta
🔹Gʻuzor tumani – 147 ta
🔹Shahrisabz shahar – 144 ta
🔹Kitob tumani – 131 ta
🔹Nishon tumani – 125 ta
🔹Shahrisabz tumani – 118 ta
🔹Mirishkor tumani – 90 ta
Matbuot xizmati