2022- yilning 1- aprel holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 479 086 ta bo‘lib, shundan xususiy korxonalar soni 89 099 tani (ulushi 18,6 foiz) tashkil qildi.
Xususiy korxonalar sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:
Toshkent shahri – 12 076 ta
Farg‘ona viloyati – 11 213 ta
Qashqadaryo viloyati – 9 805 ta
Samarqand viloyati – 7 641 ta
Surxondaryo viloyati – 7 227 ta
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa xususiy korxonalar quyidagicha taqsimlangan:
savdoda – 36 224 ta
sanoatda – 15 512 ta
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 7 748 ta
qurilishda – 7 047 ta
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 6 003 ta
Matbuot xizmati