08/04/2022

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xizmatlari agentligi tomonidan, “Siyosiy-ma'rifiy hamda huquqiy savodxonlikni oshirish bo‘yicha tashkil etib kelinayotgan malaka oshirish kurslarida Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ham doimiy ravishda ishtirok etib kelishmoqda.

 

2022- yilning 8- aprel kuni o‘tkazilgan "Siyosiy-maʼrifat soati"da, eng muhim va dolzarb mavzular haqida maʼlumotlar tinglandi.

Jumladan, Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish (Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasining yettinchi yo‘nalishi mazmun-mohiyati) haqidagi ma’ruzalar tinglandi.

Shuningdek, o‘quv soati hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, Davlat fuqarolik xizmatchilarida sog‘lom turmush tarzi madaniyatini shakllantirish, hodimlarni davr talabidan kelib chiqqan holda huquqiy savodxonligini doimiy ravishda oshirib borishga yo‘naltirilgan.

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech