05/04/2022

Prezidentimizning “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida yurtimizda turli targ‘ibot-tashviqot tadbirlari tashkil etilyapti.

ichi-040422-semin01

Joriy yilning 28–29- mart kunlari BMTning Taraqqiyot dasturi hamda O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi.

sem2

Seminar-treningda Davlat statistika qo‘mitasidan Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat xizmati boshlig‘i Zokir Abduxamidov ham ishtirok etdi.

sem3

Tadbirda ishtirokchilar korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini xalqaro standartlarga muvofiq joriy etish va samaradorligini baholash bo‘yicha fikr-mulohaza almashdi.

sem4

Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarini samarali tashkil etish bo‘yicha xalqaro va mahalliy ekspertlar jalb etilgan holda amaliy va nazariy ko‘nikmalar ulashildi.

sem5

Seminar ishtirokchilarga “E-anticor.uz” korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash elektron platformasidan foydalanish tartibi to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi. Ushbu tizimdan foydalanish uchun login va parollar taqdim etildi.

sem6

Tadbir so‘nggida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash eksperement tariqasida o‘tkaziladigan davlat organlari va tashkilotlari vakillari maxsus sertifikat bilan taqdirlandi.

sem7

sem8

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech