10/03/2022

“International Open Data Day” doirasida davlat statistika qo'mitasi xodimlari, tegishli vazirlik va idoralar xodimlari, YeXHTning O'zbekistondagi koordinatori hamda elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi xodimlari va ekspertlar ishtirokida aholi va yoshlar o'rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish, shuningdek, mamlakatimizda ochiq ma'lumotlarni ommalashtirishga bag'ishlangan "Open Data Day Tashkent 2022" mavzusida tadbirlar tashkil etildi.

ichi-100322-open-data

22

33

44

Open Data Day – xalqaro ochiq ma'lumotlar kuni (International Open Data Day) tashabbusining bir qismi bo'lib, u davlat organlari, biznes, notijorat tashkilotlari va jamoat hayotining boshqa ishtirokchilari faoliyatida ochiq ma'lumotlar konsepsiyasi va axborot oshkoraligini amalga oshirishga yordam beradi.

Ochiq ma'lumotlar kuni munosabati bilan butun dunyoda uchrashuvlar, ma'ruzalar va hakatonlar o'tkazilmoqda. 2015- yildan beri Open Knowledge Foundation ochiq ma'lumotlar dunyosidagi boshqa notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikda jahon miqyosidagi voqealarni qo'llab-quvvatlash uchun mini-grantlar taqdim etadi.

Tadbir doirasida ochiq ma'lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari Open Data Day 2022 tadbiriga bag'ishlangan taqdimot o'tkazdilar.

Tadbirlarda 2021-2025- yillarda ochiq ma'lumotlarni rivojlantirishning strategik yo'nalishlari va prinsiplari, ochiq ma'lumotlarning me'yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirish, ma'lumotlarning ochiqligini metodik qo'llab-quvvatlashni ta'minlash, ma'lumotlarning ochiqligini tashkiliy va axborot-texnologik jihatdan ta'minlash, “O'zbekiston Respublikasida 2021-2025- yillarda ochiq ma'lumotlar sohasini rivojlantirish konsepsiyasi”ni amalga oshirishdan kutilgan natijalar kabi masalalar muhokama qilindi.

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech