Davlat statistika qo‘mitasi jamoasi tomonidan turli tadbirlar tashkil etilib, statistika sohasida xizmat qilgan nafaqadagi xodimlar va ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinmoqda.
Davlat statistika qo‘mitasi Kasaba uyushmasi, Xotin-qizlar bilan ishlash komissiyasi va Yoshlar ittifoqi yetakchilar kengashi tomonidan 8- mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida, qo‘mita tizimida faoliyat yuritib, hozirda nafaqaga chiqqan keksalar uchun turli tadbirlar tashkil etilib, ularning holidan xabar olinmoqda.
Ayni kunlarda, Kasaba uyushmasi, Xotin-qizlar bilan ishlash komissiyasi va Yoshlar ittifoqi yetakchilar kengashi a’zolari uzoq yillar statistika tizimida faoliyat yuritgan, fidoyi, vatanparvar, sadoqat va ibrat namunasi bo’lib xizmat qilgan mehnat faxriylari holidan xabar olib, ularni bayram bilan tabriklashdi. Oilasiga iste’mol uchun muhim bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlari olib borildi.
Bunday savobli amallar orqali qariyalarga ma’naviy-ruhiy ko’mak berish, ularni yolg’iz qoldirmaslik va ko’p yillik mehnatlari uchun minnatdorchilik izhor qilish ko’zda tutilgan.
Keksalar qo‘mita tomonidan doimiy ravishda ko‘rsatilayotgan bu kabi ma’naviy-moddiy ko‘mak uchun minnatdorlik bildirdi.
Matbuot xizmati