02/03/2022

2021-yilning yanvar - dekabr oylarida Qashqadaryo viloyatining qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 29 352,8 mlrd. soʻmni yoki oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 102,2 % ni tashkil qildi.

Respublikada qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmida viloyatning ulushi 9,2 % ni tashkil etdi.

Viloyat boʻyicha jami yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining 39,2 %i – dehqonchilik mahsulotlari hamda 60,8 %i – chorvachilik mahsulotlari hissasiga toʻgʻri keldi.

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech