18/02/2022

Joriy yilning 18-fevral kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasida "Korrupsiyaga befarq bo'lmasligimiz kerak" shiori ostida xodimlarda korrupsiyaga qarshi faol fuqarolik pozitsiyasini kuchaytirishga qaratilgan targ'ibot-tashviqot tadbiri bo'lib o'tdi. Mazkur tadbirga boshqarma boshlig'i, o'rinbosari hamda boshqarma, shahar tuman statistika bo'lim xodimlari ishtirok etishdi. 

 

Tadbirda Bosh yuriskonsult M. Sharipov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaning oldini olish sohasida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, Davlat statistika qo‘mitasining 2021- yil 29- dekabrdagi 127-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat statistika boshqarmasining tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasi haqida hamda korrupsiya tufayli jamiyatda adolatsizlik, tengsizlik va aholining noroziligiga olib kelishi, bu esa barcha sohadagi islohotlarning natijasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi haqida tushunchalar berib o‘tdi.

Shuningdek, korrupsiyaga qarshi idoraviy komissiya aʼzolari tomonidan tizim xodimlari o‘rtasida muntazam ravishda tushuntirish ishlarini tashkil etish, barcha xodimlar tomonidan Davlat statistika hisobotlarini qabul qilish va qayta ishlash jarayonida hisobot taqdim etuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarni ovoro qilish, ularni asossiz Davlat statistika idoralariga taklif qilish, asossiz to‘lovlar undirish, o‘zaro munosabatlarda taʼmagirlik, poraxo‘rlik va boshqa ko‘rinishdagi korrupsiya holatlariga qatʼiy chek qo‘yish bo‘yicha ogohlantirildi.

 

Matbuot  xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech