18/02/2022

2021- yilda Oʻzbekiston xorijga qiymati 22,7 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 82,9 ming tonna qovun va tarvuz eksport qilgan.

Bu yil mamlakatimizda yetishtirilgan qovun va tarvuzlar 23 ta xorijiy davlatlar bozorlariga yetkazib berilgan boʻlib, eksport hajmi 2020-yil bilan solishtirilganda 22,7 ming tonnaga kamaygan.

2021- yil mobaynida Oʻzbekiston eng  koʻp qovun va tarvuz eksport qilgan davlatlar:

Qozogʻiston – 33,6 ming tonna

Rossiya – 20,3 ming tonna

Qirgʻiz R. – 15,6 ming tonna

Ukraina – 5,6 ming tonna

Latviya – 2,9 ming tonna

Belarus – 1,4 ming tonna

Tojikiston – 1,4 ming tonna

Germaniya – 1,2 ming tonna

tashqi-savdo_ichi_180222

Tugmani bosing Tinglash GSpeech