17/02/2022

Joriy yilning 17- fevral kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasida 2021- yil IV chorak yakunlari bo‘yicha boshqarmaning kengaytirilgan Hay`at yig`ilishi o‘tkazildi. Unda boshqarma rahbariyati, tarmoq bo‘limlari  hamda masofaviy videoaloqa orqali hududiy statistika bo‘limlari  qatnashdi.

 Yig‘ilish kun tartibida, 2021- yil IV chorak yakunlari bo‘yicha Davlat statistika  qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan “kengaytirilgan Hay‘at yig‘ilishi natijalari”dan kelib chiqqan holda, o‘tgan davrda boshqarmaning tarmoq bo‘limlari hamda tuman (shahar) bo‘limlarining barcha yo‘nalishlardagi faoliyati tanqidiy tahlil qilindi, mavjud yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni  bartaraf etish hamda  2022- yil uchun belgilangan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlarni belgilab olish kabi masalalar ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishni viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i Maxmadaliyev Baxrom Samadovich Hay’at yig‘ilishini ochib berib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatining hujjatlari hamda topshiriqlarida Davlat statistika idoralari oldiga qo‘yilgan vazifalar va boshqarma tizimida 2021- yil IV chorakda amalga oshirilgan ishlar samaradorligi, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf qilish borasida amalga oshirilayotgan choralar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, boshqarma boshlig‘i O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-son qarori doirasida amalga oshirilgan ishlar, “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni ijrosini ta'minlash yuzasidan kelgusidagi ustuvor vazifalar bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Yig‘ilish yakunida ijro intizomi va tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi. Vazifalarni o‘z vaqtida bajarmagan xodimlarga tegishli choralar ko‘rish, ish faoliyatini namunali yo‘lga qo‘ygan ishchi-xodimlarni rag‘batlantirish bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech