15/02/2022

2021- yil yakunlariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatida YAHM hajmi 43 833,3 mlrd. so‘mga yetdi va o‘sish 7,6 % ni tashkil etdi. YAHMning o‘sishi hudud iqtisodiyoti tarmoqlaridagi ijobiy o‘sish sur’atlari bilan bog‘liqdir. O‘sish sur’atlari qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 102,2 % (YAHM tarkibidagi ulushi – 41,4 %), sanoatda 115,3 % (18,0 %), qurilishda 112,7 % (6,2 %) va xizmatlarda 109,4 % (34,4 %)ni tashkil etdi. Aholi jon boshiga hisoblangan YAHM 5,6 % ga o‘sdi va 12 999,6 ming so‘mni tashkil etdi.

 

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech