14/02/2022

2022- yilning 1- fevral holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 31 571 ta bo‘lib, shundan xususiy korxonalar soni  9 670 tani (ulushi 30,6 foiz) tashkil qildi.

Xususiy korxonalar sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:

Qarshi shahri – 1 474 ta

Kitob tumani – 1 058 ta

Dehqonobos tumani – 905 ta

Shahrisabz shahri – 842 ta

Qarshi tumani – 753 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa xususiy korxonalar quyidagicha taqsimlangan:

savdoda – 3 844 ta

sanoatda – 1 549 ta

qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 1 084 ta

qurilishda – 1 026 ta

yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 727 ta

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech