2022- yilning 1- fevral holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 470 163 ta bo‘lib, shundan xususiy korxonalar soni 89 073 tani (ulushi 18,9 foiz) tashkil qildi.
Xususiy korxonalar sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:
Toshkent shahri – 12 152 ta
Farg‘ona viloyati – 11 305 ta
Qashqadaryo viloyati – 9 670 ta
Samarqand viloyati – 7 356 ta
Surxondaryo viloyati – 7 239 ta
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa xususiy korxonalar quyidagicha taqsimlangan:
savdoda – 36 142 ta
sanoatda – 15 687 ta
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 7 754 ta
qurilishda – 7 006 ta
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 5 943 ta
Matbuot xizmati