09/02/2022

Joriy yilning 8- fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi vakillarining O'zbekistonda qishloq xo‘jaligi sug‘urtasini rivojlantirishning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish doirasida BMT Taraqqiyot dasturining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha xalqaro maslahatchisi Olena Sosenko xonim bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Frankfurt moliya va menejment maktabi o‘rtasida imzolangan memorandumga muvofiq, shuningdek, BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida sug‘urta himoyasini keng qo‘llash bo‘yicha Тexnik-iqtisodiy asoslash o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

090222_1

Ushbu tadqiqotning maqsadi mamlakatimizdagi iqlim xavf-xatarlarining, yetishtiriladigan ekinlarning hosildorligi va daromadiga ta’siri ko‘lamini, shuningdek, fermer va dehqon xo‘jaliklarini sug‘urta himoyasining zamonaviy choralarini qo‘llash imkoniyatlarini o‘rganishdan iborat.

090222_2_2

Mazkur uchrashuv davomida xavf-xatarlarni tahlil qilish va sug‘urta xizmatlari narxi, shu jumladan hosildorlik va boshqa ko‘rsatkichlarni shakllantirish uchun zarur bo‘lgan ma‘lumotlarning mavjudligi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

090222_3

Uchrashuv yakunida BMT Taraqqiyot dasturining qishloq xo‘jaligida sug‘urta bo‘yicha xalqaro maslahatchisi Olena Sosenko va BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi dasturi xodimi Pishenbay Umirbekov Davlat statistika qo‘mitasi vakillari bilan zarur ma’lumotlarni olish maqsadida kelgusida hamkorlik qilish masalasini muhokama qildilar.

Uchrashuv iliq va do‘stona ruhda o‘tdi.

 

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech