2021- yil yakunlariga ko‘ra, YAIM o‘sishi 7,4 % ga yetdi. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi YAIM umumiy hajmining 92,8 % ini tashkil etdi va 7,5 % ga o‘sdi (YAIM mutlaq o‘sishiga ta’siri 6,9 foiz punktni tashkil etdi). Mahsulotlarga sof soliqlarning YAIM tarkibidagi ulushi 7,2 % ni tashkil etdi va 2020- yil bilan taqqoslaganda 6,7 % ga o‘sdi (YAIM mutlaq o‘sishiga ta’siri – 0,5 f.p.).
Faoliyat turlari bo‘yicha qo‘shilgan qiymatning o‘sishi:
– qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 4,0 %;
– sanoatda – 8,7 %;
– qurilishda – 6,8 %;
– xizmatlar sohasida – 9,2 %.
Matbuot xizmati