2021- yilning yanvar-dekabr oylarida 7 540,9 ming tonna don ekinlari yetishtirilgan boʻlib, shundan 6 174,4 ming tonna yoki jami ishlab chiqarilgan don ekinlarining 81,9 % ini boshoqli don ekinlari tashkil etdi.
Boshoqli don ekinlari yetishtirishning eng katta hajmi 5 182,1 ming tonna yoki umumiy yetishtirish hajmidan 83,9 %i fermer xoʻjaliklarida qayd etildi.
Boshoqli don ekinlari ishlab chiqarish umumiy hajmining eng yuqori ulushi Qashqadaryo viloyati (12,5 %) hissasiga toʻgʻri keldi. Shu bilan birga, Samarqand (10,8 %), Fargʻona (10,3 %) va Surxondaryo (10,1 %) viloyatlarida ham boshoqli don ekinlari ishlab chiqarishning yuqori koʻrsatkichlari qayd etildi.
Matbuot xizmati