Qayd etish kerakki, sanoat tarmog‘i iqtisodiy tarmoqlar ichida eng yuqori salohiyatga ega bo‘lgan tarmoqlardan hisoblanadi. Yangi tashkil etilgan sanoat korxonalari sonining o‘sish sur’ati 2017- yilning mos davri bilan solishtirilganda 5,0 barobarga oshganligini ko‘rishimiz mumkin. Yanvar- dekabr oylarida sanoat sohasida yangi tashkil etilgan korxonalar soni yillar kesimida qaralganda:
2017- yilda – 272 ta
2018- yilda – 408 ta
2019- yilda – 502 ta
2020- yilda – 1 155 ta
2021- yilda – 887 ta
2022- yilda – 1 358 ta
Matbuot xizmati