2022- yilning yanvar oyida isteʼmol sektoridagi tovarlar va xizmatlar oʻrtacha 0,9 % ga qimmatlashdi.
Yillik oʻsishda isteʼmol narxlari indeksining oʻsish darajasi 9,8 % ga yetdi.
2022-yilning yanvar oyida narxlar va tariflar oʻsishida yetakchi oʻrinlarni oziq-ovqat mahsulotlari egallab, narxlari oʻrtacha 1,3 foizga oshdi. Shu davrda nooziq-ovqat tovarlari 0,5 foizga, aholiga pullik xizmatlar 0,7 foizga oshdi.
2022-yil yanvar oyida anʼanaviy ravishda meva-sabzavot mahsulotlari oylik narxlarning oshishida yetakchilik qildi. Mevalar narxi 2021-yil oxiriga nisbatan 3,1 foizga, sabzavotlar 5,8 foizga qimmatlashdi. Goʻsht mahsulotlari, aksincha, oy davomida biroz arzonlashdi (0,4 foiz).
Matbuot xizmati