2021- yilda Oʻzbekistonda jami 107,4 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan. 2020-yilga nisbatan oʻsish surʼati 106,8 % ni tashkil etdi.Davlat mulkchiligidagi tashkilotlar tomonidan jami 5,6 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi. Ularning respublikadagi ulushi 5,2 % ga teng.Nodavlat mulkchilikdagi tashkilotlar tomonidan 101,8 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarildi. Ularning respublikadagi ulushi 94,8 % ga teng.Jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan 29,7 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.Kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 56,4 trln. soʻmni tashkil qilgan.
Matbuot xizmati