2021- yilning yanvar-noyabr oylarida, jami qurilish ishlari hajmi tarkibida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmi 1472,8 mlrd. so‘mni, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning yanvar-noyabr oylariga nisbatan 2,8 martani va jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 25,4 % ni tashkil etdi.Yirik qurilish tashkilotlari tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining jami qurilish ishlari hajmidagi eng ko‘p ulushi Muborak tumani (hududdagi jami qurilish ishlari hajmining 53,9 %i) ga to‘g‘ri keldi.
Matbuot xizmati