07/01/2022

     O‘zbekiston Respublikasida 2021- yilning yanvar-noyabr oylarida jami faoliyat yuritayotgan kiyim mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan 11,6 trln. so‘m qiymatga teng bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarildi. Tarmoqning 2020- yilning yanvar-noyabr oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 120,1 % ni tashkil etdi.

     Kiyim mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmidagi eng yuqori ulushi Andijon viloyati (24,9 %), Toshkent viloyati (15,0 %), Namangan viloyati (10,9 %) hamda Toshkent shahri (9,1 %) hissalariga to‘g‘ri kelmoqda.

 

 

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech