Joriy yilning 20- dekabr kuni Shahrisabz tuman statistika bo‘limi xodimlari tomonidan “2023- yilda Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va demografik, ishtimoiy-iqtisodiy tavsiflarini belgilovchi shaxsga doir ma‘lumotlarni yig‘ish” mavzusida Toshkent Kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filialida davra suhbati tashkil etildi.
Suhbatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710- sonli qarori mazmun-mohiyati, aholini ro‘yxatga olish tartibi, tarixi, normativ-huquqiy xujjatlar, aholini ro‘yxatga olish bosqichlari, aholini ro‘yxatga olishdan keyin kutilayotgan natijalar to‘g‘risida tushunchalar berildi. Davra suhbatida institut talabalari o‘zini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar olishdi.
Matbuot xizmati