30/11/2021

     O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021- yil 19- maydagi “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-5117- son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi tomonidan tegishli buyruq tasdiqlangan.

     Xususan, 2021- yil 1- iyuldan boshlab Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi tizimida ta’lim tashkilotlari o‘qituvchilarini shartnoma asosida jalb qilib, haftada kamida bir marotaba tizim xodimlami xorijiy tilga o‘qitish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan.

     Jumladan, boshqarma bo‘limlarining 20 ga yaqin xodimi ingliz tili boshlang‘ich,  yo‘nalishi bo‘yicha o‘qitilmoqda.

     Darslar rus va o‘zbek tillarida umumlashtirilgan, xodimlar ingliz tilida so‘zlashish (Speaking) grammatika, o‘qish (Reading), tinglash (Listening) va boshqa interaktiv yo‘nalishlar orqali o‘qitilmoqda.

Matbuot xizmati

Tugmani bosing Tinglash GSpeech