19/07/2021

 

Joriy yilning 19- iyul kuni Mirishkor tuman statistika bo‘limi mutaxassislari tomonidan tumandagi “Avvona” mahalla faollari ishtirokida aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishning ahamiyati to‘g‘risida davra suhbati o‘tkazildi.

Suhbat davomida mahalla faollariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi 710- sonli qarori mazmun-mohiyati, aholini ro‘yxatga olish tartibi, tarixi, normativ-huquqiy xujjatlar, aholini ro‘yxatga olish bosqichlari, aholini ro‘yxatga olishdan keyin kutilayotgan natijalar to‘g‘risida tushunchalar  berildi.

Davra suhbati davomida mahalla faollariga  O‘zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha barcha fuqarolar faol ishtirok etishlari tushuntirildi.

Matbuot xizmati 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech