O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2020- yil 11-noyabrdagi 710- sonli qarori yuzasidan joylarda davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.
Joriy yilning 19- iyul kuni G‘uzor tuman statistika bo‘limi xodimlari tomonidan tumandagi Do‘stlik Mahallasida aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishning ahamiyati to‘g‘risida davra suhbati o‘tkazildi.
Suhbat davomida mahalla faollariga aholini ro‘yxatga olish tartibi, tarixi, normativ-huquqiy xujjatlar, aholini ro‘yxatga olish bosqichlari, aholini ro‘yxatga olishdan keyin kutilayotgan natijalar to‘g‘risida tushunchalar berildi.
Suhbat davomida barcha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar olishdi.
Matbuot xizmati