O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2020- yil 11-noyabrdagi 710- sonli qarori yuzasidan joylarda davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.
Joriy yilning 23- iyun kuni Qarshi shahar statistika bo‘limi xodimlari tomonidan shahardagi Mustaqillik mahalla faollari ishtirokida aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishning ahamiyati to‘g‘risida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Suhbat davomida aholini ro‘yxatga olish tartibi, tarixi, normativ-huquqiy xujjatlar, aholini ro‘yxatga olish bosqichlari, aholini ro‘yxatga olishdan keyin kutilayotgan natijalar to‘g‘risida tushunchalar berildi.
Barcha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar olishdi.
Matbuot xizmati